# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 109-modda. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/109 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar. Qonunda yoki taraflarning kelishuvida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)