# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 111-modda. Bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/111 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mol-mulk bilan bogʻliq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Koʻchmas mol-mulk xususida tuzilgan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish va tegishli reyestrlarni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Qonunchilikda muayyan turdagi koʻchar mol-mulk xususida tuziladigan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilab qoʻyilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)