# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 116-modda. Qonunchilikning talablariga muvofiq boʻlmagan bitimning haqiqiy emasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/116 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonunchilikning talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. Korrupsiyaga, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilgan holda tuzilgan bitim sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)