# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 117-modda. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/117 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas, ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno. Bunday bitimdagi taraflarning har biri bitim boʻyicha olgan hamma narsani ikkinchi tarafga qaytarib berishi, olingan narsani asl holida qaytarib berish mumkin boʻlmaganida esa — uning qiymatini pul bilan toʻlashi shart. Bundan tashqari, muomalaga layoqatli taraf, agar ikkinchi tarafning muomalaga layoqatsizligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, ikkinchi tarafga u koʻrgan haqiqiy zararni toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)