# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 120-modda. Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/120 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Spirtli ichimliklarni yoki giyohvand vositalarni suiisteʼmol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. Bu moddaning qoidalari ushbu Kodeks 29-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tuzilgan vaqtning oʻzidayoq bajariladigan mayda maishiy bitimlarga taalluqli boʻlmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)