# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 135-modda. Ishonchnomaning shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/135 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)