# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 137-modda. Ishonchnomaning boshqa shakllari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/137 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek bank muassasalaridan summalarni olish haqidagi ishonchnoma vakolat beruvchi ishlaydigan yoki oʻqiydigan tashkilot, u yashaydigan uyga xizmat koʻrsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti, oʻzining yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoxud fuqaro davolanishda boʻlgan davolash muassasasining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)