# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 139-modda. Ishonchnomaning muddati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/139 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)