# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 166-modda. Mulkning daxlsizligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/166 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mulk daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan oʻzlarini saqlashlaridan iboratdir. Mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)