# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 168-modda. Mulk huquqining subyektlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/168 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir. Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli boʻlishi mumkin. Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki boʻlishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)