# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 173-4-modda. Servitut belgilangan yer uchastkasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini saqlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/173-4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar servitutni amalga oshirish uchun servitut belgilangan yer uchastkasida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud boʻlishi talab etilsa, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, mazkur yer uchastkasining ijarachilari va mulkdorlari bunday muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va ulardan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi kerakligi belgilanishi mumkin. Agar yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan birgalikda foydalanish huquqiga ega boʻlsa, servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxs muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ulardan foydalanish imkoniyatini taʼminlagan holda saqlashi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)