# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 173-5-modda. Servitut belgilangan yer uchastkasini boʻlish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/173-5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar servitut belgilangan yer uchastkasini boʻlish servitutdan foydalanishga toʻsqinlik qilmasa, servitut yer uchastkasining boʻlingan qismlariga nisbatan ham saqlanib qoladi. Bunda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, boʻlingan yer uchastkasining ijarachilari va mulkdorlari servitut shartlari qayta koʻrib chiqilishini talab qilishga haqli. Agar servitut boʻlingan yer uchastkasining faqat bitta qismiga belgilansa, u qolgan yer uchastkalariga nisbatan bekor qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)