# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 178-modda. Operativ boshqarish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/178 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Davlat muassasasi oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi. Davlat muassasasiga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkning egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki nooʻrin foydalanilayotgan mol-mulkni olib qoʻyish hamda uni oʻzi xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)