# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 18-modda. Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqarolar: mulk huquqi asosida mol-mulkka ega boʻlishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamgʻarmalarga ega boʻlishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xoʻjaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qoʻyilmagan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning toʻlanishini talab qilishlari; mashgʻulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, ixtironing, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega boʻlishlari mumkin. Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)