# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 181-modda. Operativ boshqarish huquqining vujudga kelishi va bekor boʻlishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/181 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mulkdorning qarori bilan muassasaga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkni operativ boshqarish huquqi, basharti qonun hujjatlarida yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Operativ boshqarishda boʻlgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek muassasada shartnoma boʻyicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda mulk huquqini olish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda muassasaning operativ boshqarishiga oʻtadi. Mol-mulkni operativ boshqarish huquqi mulkdorning qaroriga va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra bekor qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)