# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 184-modda. Bitim boʻyicha mol-mulkni olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/184 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mol-mulk olish-sotish, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari, hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinishi mumkin. Basharti, qonun hujjatlarida boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, mol-mulk yangi mulkdorga oʻtganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga oʻtadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)