# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 185-modda. Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqining vujudga kelish payti > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/185 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi yoki notarial tasdiqlanishi kerak boʻlsa, mol-mulkni oluvchida mulk huquqi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki tasdiqlangan paytdan boshlab, shartnomani ham notarial tasdiqlash, ham davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarur boʻlganida esa — roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)