# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 198-modda. Mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/198 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mol-mulkni yoʻq qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Mulkdor tomonidan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yoʻq qilingan boʻlsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin. Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)