# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 199-modda. Mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/199 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yoʻl qoʻyiladi. Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boʻla olmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaxsga toʻlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)