# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 202-modda. Natsionalizatsiya > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/202 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq toʻlash asosida qonunga muvofiq davlat ixtiyoriga oʻtkazishdan iborat. Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)