# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 203-modda. Rekvizitsiya > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/203 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini koʻzlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini toʻlagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qoʻyilishi mumkin (rekvizitsiya). Rekvizitsiya oʻtkazilishiga sabab boʻlgan vaziyatlarning amal qilishi toʻxtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)