# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 205-modda. Mol-mulkni olib qoʻyish chogʻida uning qiymatini aniqlash va zararlarni undirib olish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/205 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonunchilikda boshqacha tartib oʻrnatilgan boʻlmasa, baholovchi tashkilot tomonidan mulk huquqi bekor qilingan paytda belgilanadi. Olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymatini mulkdorga toʻlash bahosi haqida mulkdor sudga eʼtiroz bildirishi mumkin. Mulkdor mol-mulkining olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan boshqa zararlarni toʻlashni ham talab qilishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)