# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 21-modda. Fuqaroning yashash joyi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/21 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki vasiylikda boʻlgan fuqarolarning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga yetmaganlar yoki vasiylikda boʻlgan fuqarolarning yashash joyi hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)