# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 210-modda. Uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/210 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ aʼzosi pay badallarini batamom toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)