# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 219-modda. Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/219 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushiga teng boʻlgan qismi oʻzining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji boʻlmagan taqdirda esa — oʻz ulushi boʻlgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)