# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 221-modda. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini taqsimlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/221 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Har bir mulkdor umumiy mol-mulk boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda, shuningdek mol-mulkni saqlash va asrash chiqimlarida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ulushiga qarab qatnashishi shart. Zarur boʻlmagan hamda mulkdorlardan biri tomonidan qolganlarning roziligisiz qilingan xarajatlar uning oʻz zimmasiga tushadi. Bunda kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal qilinishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)