# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 222-modda. Umumiy mulk huquqidagi ulushning shartnoma boʻyicha oluvchiga oʻtish payti > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/222 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Umumiy mulk huquqidagi ulush shartnoma boʻyicha oluvchiga, agar taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab oʻtadi. Umumiy mulk huquqidagi ulushning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga oʻtish payti ushbu Kodeks 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)