# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 232-modda. Mulkdor boʻlmagan eganing huquqlarini himoya qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/232 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Garchi mulkdor boʻlmasa ham, lekin mol-mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga koʻra egalik qilayotgan shaxs ham ushbu Kodeksning 228 — 231-moddalarida nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)