# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 254-modda. Solidar majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan bajarilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/254 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Solidar majburiyatning qarzdorlardan biri tomonidan toʻliq bajarilishi qolgan qarzdorlarni kreditor oldidagi majburiyatni bajarishdan ozod qiladi. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, solidar majburiyatni bajargan qarzdor oʻz ulushini chegirib tashlab, boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda regress talabi qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Solidar majburiyatni bajargan qarzdorga toʻlanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng ulushlarda tushadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)