# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 255-modda. Solidar talablar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/255 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Talab solidar boʻlib qoʻyilganida har qanday solidar kreditor qarzdorga toʻla hajmda talab qoʻyishga haqli boʻladi. Qarzdor solidar kreditorlardan birining talabiga qarshi oʻzining ushbu kreditor qatnashmaydigan boshqa solidar kreditorlar bilan munosabatlariga asoslangan eʼtirozlarni qoʻyishga haqli emas. Majburiyatni solidar kreditorlardan biriga nisbatan toʻla bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod qiladi. Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan solidar kreditor, basharti ular oʻrtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa, boshqa kreditorlarga tegishli boʻlgan ulushlarni ularga toʻlashi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)