# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 259-modda. Umumiy qoidalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/259 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanishi mumkin. Majburiyatning bajarilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi kelishuvning haqiqiy emasligi ushbu majburiyatning (asosiy majburiyatning) haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Asosiy majburiyatning haqiqiy emasligi uning bajarilishini taʼminlaydigan majburiyatning haqiqiy emasligiga olib keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)