# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 266-modda. Garovga qoʻyuvchi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/266 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)