# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 268-modda. Garov bilan taʼminlanadigan talab > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/268 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov talabning uni qondirish paytidagi hajmini taʼminlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar toʻlanishini, shuningdek garovga oluvchining garovga qoʻyilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari toʻlanishini taʼminlaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)