# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 278-modda. Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/278 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Garovga oluvchi oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki boʻlishi lozim boʻlgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egallashidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egallashidan talab qilib olishga haqli (ushbu Kodeksning 228, 229, 230, 232-moddalari). Shartnoma shartlariga koʻra garovga oluvchiga oʻziga topshirilgan garov narsasidan foydalanish huquqi berilgan hollarda u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan ham, oʻz huquqining har qanday buzilishini bartaraf etishni, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham (ushbu Kodeksning 231, 232-moddalari), talab qilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)