FK · 279-modda

279-modda. Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish asoslari

Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 22-BOB MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI TAʼMINLASH Rasmiy manba (lex.uz)

Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgap boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim dapajada bajarmagan taqdirda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish mumkin.

Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Garov bilan taʼminlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi:

1) agar garov bilan taʼminlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining oʻn besh foizidan kamroqni tashkil qilsa;

2) agar garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan boʻlsa.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.