# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 292-modda. Kafillik shartnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/292 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kafillik shartnomasi boʻyicha kafil boshqa shaxs oʻz majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga oladi. Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni taʼminlash uchun ham tuzilishi mumkin. Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)