# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 294-modda. Kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda uning huquq va burchlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/294 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kafil kreditorning talabiga qarshi qarzdor bildirishi mumkin boʻlgan hamma eʼtirozlarni qoʻyishga haqli. Hatto qarzdor oʻz eʼtirozlaridan voz kechgan yoki oʻz majburiyatini tan olgan taqdirda ham kafil ushbu eʼtirozlarga boʻlgan huquqini yoʻqotmaydi. Agar kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi shart. Aks holda qarzdor kreditorga qarshi oʻzining barcha eʼtirozlarini kafilning qarshi talabiga qarama-qarshi qoʻyish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)