# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 296-modda. Qarzdor majburiyatini bajarganligi haqida kafilni xabardor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/296 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajargan qarzdor bu haqda kafilni darhol xabardor qilishi shart. Aks holda oʻz navbatida majburiyatni bajargan kafil asossiz olinganni kreditordan undirib olishga yoki qarzdorga regress talab qoʻyishga haqli. Regress talab qoʻyilgan taqdipda qarzdor asossiz olingannigina kreditordan undirib olishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)