# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 306-modda. Benefitsiarning talabini koʻrib chiqishda kafilning majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/306 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kafil benefitsiarning talabini olganidan soʻng bu haqda darhol prinsipalni xabardor qilishi va unga talabning nusxasini barcha tegishli hujjatlar bilan topshirishi kerak. Kafil benefitsiarning talabini unga ilova qilingan hujjatlar bilan bipga kafolatda koʻrsatilgan muddatda koʻrib chiqishi, muddat koʻrsatilmaganda esa — mutanosib muddatda bu talab hamda unga ilova qilingan hujjatlar kafolat shartlariga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlash uchun oqilona jonkuyarlik koʻrsatishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)