# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 308-modda. Kafil majburiyatlarining chegaralari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/308 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kafolatda nazarda tutilgan kafilning benefitsiar oldidagi majburiyati kafolat berilgan summani toʻlash bilan cheklanadi. Kafolat boʻyicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun kafilning benefitsiar oldidagi javobgarligi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat berilgan summa bilan cheklanmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)