# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 309-modda. Kafolatning bekor boʻlishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/309 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kafilning kafolat boʻyicha benefitsiar oldidagi majburiyati quyidagi hollarda bekor boʻladi: 1) kafolat berilgan summa benefitsiarga toʻlanishi; 2) kafolatda belgilangan muddatning tamom boʻlishi; 3) benefitsiar kafolat boʻyicha oʻz huquqlaridan voz kechishi va uni kafilga qaytarib berishi oqibatida; 4) benefitsiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilishi haqida yozma ariza berish yoʻli bilan kafolat boʻyicha oʻz huquqlaridan voz kechishi oqibatida. Kafil majburiyatining ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi unga kafolat qaytarib berilgan yoki qaytarib berilmaganligiga bogʻliq boʻlmaydi. Kafolat bekor boʻlganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda prinsipalni xabardor qilishi kerak. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)