# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 310-modda. Kafilning prinsipalga regress talablari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/310 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kafilning prinsipaldan kafolat boʻyicha benefitsiarga toʻlangan summalarni regress tartibida toʻlashni talab qilish huquqi kafilning prinsipal bilan bajarish yuzasidan kafolat berilgan kelishuvida belgilab qoʻyiladi. Agar kafilning prinsipal bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil benefitsiarga kafolat shartlariga nomuvofiq tarzda yoki kafilning benefitsiar oldidagi majburiyatni buzganligi uchun toʻlangan summalarni qoplashni prinsipaldan talab qilishga haqli emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)