# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 315-modda. Boshqa shaxsga oʻtadigan kreditor huquqlarining hajmi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/315 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq oʻtish paytida mavjud boʻlgan hajmda va shartlar asosida oʻtadi. Xususan yangi kreditorga majburiyatning bajarilishini taʼminlaydigan huquqlar, shuningdek talab bilan bogʻliq boshqa huquqlar, shu jumladan toʻlanmagan foizlarga huquq ham oʻtadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)