# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 319-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/319 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kreditorning oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonunchilikka yoki shartnomaga zid boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Kreditorning shaxsi qarzdor uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan majburiyat boʻyicha talabdan qarzdorning roziligisiz boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)