# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 320-modda. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shakli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/320 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish oʻsha shaklda amalga oshirilishi kerak. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinadigan bitim boʻyicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu bitimni roʻyxatga olish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatga olinishi kerak. Orderli qimmatli qogʻoz boʻyicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu qimmatli qogʻozga indossament (talab qilish huquqini oʻtkazish yozuvi) yoʻli bilan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)