# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 323-modda. Qarzni va ijroni bir paytda boshqa shaxsga oʻtkazish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/323 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qarzdorni qarzni toʻlash majburiyatidan ozod qilmagan holda qarzni yoki uning qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat beriladi. Bu holda har ikkala qarzdor majburiyatning bajarilishi uchun solidar javobgar boʻladi. Qarzdorning uchinchi shaxs bilan shartnomasi asosida uchinchi shaxs majburiyatning bajarilishi boʻyicha kreditor oldida emas, balki faqat qarzdor oldida burchli boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)