FK · 331-modda

331-modda. Xususiy belgili ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari

Xususiy belgili ashyoni kreditorning mulki qilib, operativ boshqaruviga yoki foydalanishiga topshirish majburiyati bajarilmagan taqdirda kreditor bu ashyoni olib qoʻyishni va majburiyatda nazarda tutilgan shartlar asosida oʻziga topshirishni talab qilishga haqli. Bu huquq ashyo bir xil huquqqa ega boʻlgan uchinchi shaxsga topshirilgan boʻlsa, bekor boʻladi. Agar ashyo hali topshirilmagan boʻlsa, vaziyat qaysi kreditorning foydasiga oldinroq vujudga kelgan boʻlsa, oʻsha kreditor ustunlikka ega boʻladi, basharti buni aniqlash mumkin boʻlmasa, oldin daʼvo qoʻzgʻatgan kreditor ustunlikka ega boʻladi.

Kreditor majburiyat narsasi boʻlgan ashyoni oʻziga topshirishni talab qilish oʻrniga, zararning qoplanishini talab qilishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.