# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 344-modda. Hisobga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/344 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagi talablarni hisobga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi: daʼvo muddati oʻtgan talablarni; fuqaroning sogʻligiga shikast yetishi yoki uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talabini; alimentlar undirish haqidagi talabni; umrbod asrash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga topshirish talabini; qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollardagi talabni. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)