# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 347-modda. Majburiyat yangilanishi bilan uning bekor boʻlishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/347 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Taraflar oʻz oʻrtalaridagi dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni yangilash) haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor boʻladi. Hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni qoplash va alimentlarga nisbatan majburiyatlar xususida yangilashni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar taraflarning kelishuviga muvofiq boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatni yangilash dastlabki majburiyat bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha majburiyatlarni bekor qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)