# Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) — 349-modda. Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor boʻlishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/FK/349 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar taraflardan birontasi ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin boʻlmay qolsa, u bekor boʻladi. Basharti, qarzdor majburiyatni kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin boʻlmasa, kreditor oʻzining majburiyat boʻyicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga haqli emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/FK)